Benom Salom (Qo'shiq matni)

Benom guruhi ijrosida "Salom"

Salom, Benom, Salom, Benom
Welcome back Benom!

Har kungidan o'zgarar
Kunim salomdan boshlanar
Chap tomonda bolalar
O'ngda esa qaynonalar

Gilamlar qoqib-qoqib
Changitishar mahallalar
Tun o'tar, quyosh botar
Kunlari shunday o'tar

Yo'limda davom etsam
Chiqib qoldi janonalar
Ortidan kezaverar
Yurak bag'ri vayronalar

Men esa salom bersam
Sho'x-sho'x bo'lib qarashar
Ishq mana shunday
Salomla boshlanar

Salom mahallalarga, salom janonalarga
Salom hamma-hammaga salom, assalom
Salom sevishganlarga, salom ham yurtdoshlarga
Salom barcha-barchaga, salom, assalom

Qarasam atrofimda butun shahar sevishganlar
Orasida baxtlisi hamda o baxti qoralar
Ko'plari Telegramda bir-biri bilan tanishganlar
Ular ham tanishishda salomdan boshlaganlar

Go'zallar o'zbek bo'lib, nega ruschada gaplashar
Privet so'zidan ko'ra salom bizga ko'p yarashar
Salomda kirib kelar kelin bo'lsa qiz bolalar
Privet so'zi o'tmaydi, ko'nmaydi qaynonalar

Namaste, namaste, do'stim bunaqamasde
Barchasi faraz, bizda yo'q g'araz
Salom ham hindchada namaste

Say salom say anytime
This word you the telling times
Namaste hello, bonjour
Har doim salom berib yur, har doim salom berib yur

Salom chiroyli qizlarga, salom asal qizlarga
Salom hamma-hammaga salom, assalom
Salom sevishganlarga, salom ham yurtdoshlarga
Salom barcha-barchaga, salom, assalom
Комментарии:
Добавить комментарий

TOP MUSIC 10

Bojalar guruhi
Salom sevishganlarga

Nilufar Usmonova
Meyoyad

Shahlo Ahmedova
Yurak

Xamdam Sobirov
Oygul

Nilufar Usmonova
Omad yor bo'lsin

Toxir Sulton
May

Uzmir ft.Major
Unutay

Osman Navruzov ft.
Любимая

Sardor Mamadaliyev
Muhabbat dardlari

Jasmin ft.Eski
Yangi yil

Rayhon
Mahzun bo'lma

Shohruhxon
Gulim

Jasurbek Mavlonov
Dunyo ekan

Sanjar Usmonov
Jonginam

Shahzoda ft.Benom
Don't Leave Me