Shahzoda - Aldagan Sen (Qoshiq Matni)

Shahzoda ijrosida "Aldagan Sen"

Ko‘zlarimga boq,

Rostini so‘zla,

Senga vafo etmadimmi?

Hammadan kechib,

Bir seni deya,

Ayt, balki xato qildimmi?



Men uchun yolg‘iz

Suyanchim eding,

Ishongandim senga dilimni,

Endi sen mendek

Xo‘rlanganingda

Men senga kerak bo‘ldimmi?



N a q o r a t:

Aldagan sen,

Tunlar dardli yig‘latgan sen,

Armonlarga yuzlatgan sen,

Ishontirib, ayt, nega ketding?

Aldagan sen,

Sensizlikka o‘rgatgan sen,

Yuragimni muzlatgan sen,

Unutganda, ayt, nega kelding?



Ko‘zlarimga boq,

Qanchalar bu dard

Azoblagan yuragimni.

Men yashar edim

Seni deb faqat,

Sezmas edim keragimni.



Ayt, nega kelding,

Yangilab yana

Unutilgan alamlarimni?

Sen emasmiding

Axir o‘shanda

O‘yin qilgan tuyg‘ularimni?



N a q o r a t:

Aldagan sen,

Tunlar dardli yig‘latgan sen,

Armonlarga yuzlatgan sen,

Ishontirib, ayt, nega ketding?

Aldagan sen,

Sensizlikka o‘rgatgan sen,

Yuragimni muzlatgan sen,

Unutganda, ayt, nega kelding? (2x)

Комментарии:
Добавить комментарий

TOP MUSIC 10

Mirjon Ashrapov
Otangni kechir qizim

Shohruhxon
Begona

Sardor Tairov
Hasrat

Elmurod Ziyoyev
Ayt qanday unutay

Gulinur
Nishatay

Rayhon
Mahzun bo'lma

Dildora Niyozova
Allohning 99 ta

ElbeK
Sensiz

Munisa Rizayeva ft.
Armon

Xamdam Sobirov
Qora qosh

Shahzoda
Balki

Elbek
Gulim

Farrux Xamrayev
Allohga nima deyman

Jasur Umirov
Shamsiya

Ulug'bek
Iymondan kechib